» » Xojaylidagi Mehribonlik uyiga avtobus topshirildi

Xojaylidagi Mehribonlik uyiga avtobus topshirildi


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xojayli tumanidagi Mehribonlik uyiga Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi tomonidan Isuzu avtobusi topshirildi. Bu haqda OzA muxbiri Yesimxan Qanoatov xabar berdi.

Bolalar bayramiga bagishlanib respublika miqyosida Har bir bolaga mehr, etibor shiori ostida otkazilgan tadbirlar doirasida avtobusning berilishi bolajonlar uchun haqiqiy bayram sovgasi boldi, deydi Qoraqalpogiston Respublikasi xalq talimi vaziri Amanjol Ayapov. Joqorgi Kenges tomonidan berilgan 275 million somlik Isuzu avtobusi tarbiyalanuvchilarini turli sayohatlarga olib borishda qol keladi.

Qoraqalpogiston Xalq talimi vazirligi va Ekosan tashkiloti tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kiyim-kechaklardan iborat sovgalar taqdim etildi.

Malumot uchun, Mehribonlik uyida 145 nafar bola tarbiyalanmoqda. 16 togaraklar tarbiyalanuvchilar ixtiyorida.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-06-2018, 07:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -