» » “Har bir shahardagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim!”. “Ijtimoiy fikr” Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha aholi fikrini o‘rgandi

“Har bir shahardagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim!”. “Ijtimoiy fikr” Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha aholi fikrini o‘rgandi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ijtimoiy fikrni bilish maqsadida ekspress-so‘rov o‘tkazildi.

Uch kun mobaynida olib borilgan tadqiqotda Toshkent shahri aholisi ishtirok etdi. Ekspress-so‘rov fuqarolarning ushbu hujjat mazmunidan yuqori darajada boxabar ekanligini namoyon qilgan. Jumladan, unda qatnashganlarning 72,3 foizi qarorning maqsadi hamda mohiyatini yaxshi anglaydi. 26,5 foizi umumiy ma’nosini tushunishini aytib o‘tgan.

Tadqiqotga qaraganda, qaror mazmuni haqida ma’lumot yetkazgan asosiy manbalar Milliy teleradiokompaniya teleko‘rsatuvlaridir. Respondentlarning har uchinchisi bu haqda respublika radiostansiyalarini tinglab bilgan. So‘rovning har to‘rtinchi qatnashchisi esa mamlakat rahbariyati qabul qilayotgan barcha yangi hujjatlar hamda qarorlar xususida davriy nashrlar, qariyb yana shunchasi internet-portallar orqali o‘qib borayotganini qayd etgan.

Tadqiqotda respondentlarning 97,1 foizi Shavkat Mirziyoyevning Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va unga qo‘shilishini e’tirof etgan.

Fuqarolar Birinchi Prezident tavallud topgan sana — 30 yanvar kunini har yili keng nishonlash, 2 sentyabr sanasini Xotira kuni sifatida yod etish, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasini joriy qilish, Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy hamda badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish haqidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani so‘rov natijalarida o‘z in’ikosini topdi.

Respondentlardan Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish maqsadida amalga oshirish mumkin bo‘lgan takliflar xususida ham so‘raldi. Javob berildiki, har bir shahardagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim. Ishtirokchilarning uchdan bir qismi esa eng yaxshi tadbirkor va fermer uchun Birinchi Prezident nomidagi maxsus grant ta’sis etilishini taklif qildi. O‘z navbatida, Islom Karimov hayoti, davlat boshqaruvidagi faoliyati Vatan farovonligi yo‘lida o‘rganiladigan o‘quv kursini tashkil etish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, so‘rov qatnashchilari Birinchi Prezident nomidagi mukofot ta’sis etilib, u Islom Karimov tashabbusi bilan asos solingan “Sharq taronalari” musiqa festivali doirasida topshirilsa, ayni muddao bo‘lishini aytishdi. Respondentlar sport, ayniqsa, uch bosqichli — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalarida muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlar uchun Islom Karimov nomidagi mukofotni ta’sis etishni taklif qildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют