» » “O‘zbeknavo”ga yangi bosh direktor o‘rinbosari tayinlandi

“O‘zbeknavo”ga yangi bosh direktor o‘rinbosari tayinlandi


2013-yildan buyon “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Qobiljon Yo‘ldoshev birlashma bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbeknavo” matbuot xizmati xabar bermoqda.

8-fevral kuni “O‘zbeknavo” estrada birlashmasida O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov raisligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari Murod Majidov Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari axborot-tahlil departamenti, Madaniyat va san’at masalalari sektori bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga o‘tganligi munosabati bilan birlashmaga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Qobiljon Yo‘ldoshev egallab kelgan Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga E.Hakimov, mazkur boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga esa Yo.Ernazanov tayinlandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют