» » Xorazmda 193 ta qarzdorning 7,9 milliard so‘mlik mol-mulkini soliq qarzi hisobiga xatlovga olindi

Xorazmda 193 ta qarzdorning 7,9 milliard so‘mlik mol-mulkini soliq qarzi hisobiga xatlovga olindi


Majburiy ijro byurosi (MIB) Xorazm viloyati boshqarmasi hamda davlat soliq boshqarmasi tomonidan qarzdorlarning mol-mulkini xatlovga olish, baholatish va auksionda sotish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tadbirlarga 26 nafar davlat soliq xizmati xodimi va 24 nafar Majburiy ijro byurosi ijrochisi — jami 50 kishi jalb qilindi.

2018-yilning o‘tgan davrida 193 ta yuridik va jismoniy shaxsning 7,9 milliard so‘mlik 162 ta mol-mulki (31 ta bino-inshoot, 44 ta transport vositasi, 21 ta ofis jihozi va 66 ta boshqa turdagi mol-mulk) soliq qarzi hisobiga xatlovga olindi.

Shuningdek, xatlov tadbirlari natijasida 69 ta qarzdorning 305,6 million so‘mlik qarzi undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют