» » Sergeli tuman hokimi yog‘och uylar taqdiri haqida batafsil ma’lumot berdi

Sergeli tuman hokimi yog‘och uylar taqdiri haqida batafsil ma’lumot berdi


Toshkent shahar hokimligida Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili davlat dasturi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi, deb yozadi O‘zA.

Sergeli poytaxtning boshqa tumanlariga nisbatan hududi jihatdan eng kattasi hisoblanadi. Tumandagi 39 ta mahallada 207 ming aholi istiqomat qilmoqda. Aholiga ko‘p qavatli uy-joylar qurib foydalanishga topshirish bo‘yicha 4 yillik qurilish dasturi doirasida o‘tgan yil hududda 4 ming 40 ta xonadon qurib foydalanishga topshirildi. Joriy yilda 5 ming 40 ta xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Tumanda hozirgi kunda 25 ta umumta’lim maktabi mavjud. Anjumanda maktablarga bo‘lgan talab hamda o‘quvchilarning soni koeffitsiyenti inobatga olinib joriy yilda yana ikkita umumta’lim maktabini ochish rejalashtirilayotgani aytildi.

Shuningdek, hokim anjuman ishtirokchilariga Sergelidagi yog‘och uylar haqida ham ma’lumot berdi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, 70 gektarni o‘z ichiga olgan yog‘och uylar hududi investorlarga yangi ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun bo‘lib beriladi. Ya’ni, investorlarga yog‘och uylarda istiqomat qiladigan aholiga tumanning boshqa hududidan ko‘p qavatli uy qurib berish sharti qo‘yiladi. Investorlarga yangi ko‘p qavatli uylar qurish uchun tuman hokimligi tomonidan alohida yer maydoni ajratiladi. Aholi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chgandan so‘ng, yog‘och uylar buzilib o‘rniga ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan. Yangi uylar qurilishida hududda ijtimoiy obyektlar hisobga olinadi. Ya’ni hududda maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab, kasalxona, sport maydonchalarini qurish ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют