» » 3 oydan beri maosh olmagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi futzalchilari maydonga tushishdan bosh tortdi

3 oydan beri maosh olmagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi futzalchilari maydonga tushishdan bosh tortdi


Bugun, 7-iyun sanasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tur doirasida “Paxtakor” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi Toshkent derbisi bo‘lib o‘tishi lozim edi. “Lokomotiv” futzal jamoasi “Yoshlik” zaliga tashrif buyurdi, biroq 3 oydan buyon maosh olishmayotgani sabab uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortdi va ish tashlash e’lon qildi, deb yozadi “Championat.asia”

Shu boisdan “Lokomotiv”ga texnik mag‘lubiyat yozildi. Ma’lumot uchun “Lokomotiv” bu mavsum 20 ta uchrashuv o‘tkazib 7 ta g‘alaba, 4 ta durang va 9 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 25 ochko jamg‘argan jamoa musobaqa jadvalida 12 ta klub orasida 8-o‘rinda bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют