» » ?Qizil kartochka, javobsiz 3 ta gol. O‘zbekiston Urugvayga yutqazdi

?Qizil kartochka, javobsiz 3 ta gol. O‘zbekiston Urugvayga yutqazdi


Hozirgina, O‘zbekiston safarda Urugvayga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Janubiy amerikaliklarga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushgan O‘zbekiston termasi yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Dastlabki 25 daqiqada raqibdan qolishmaslikka harakat qilgan o‘zbekistonlik futbolchilar 33-daqiqaga kelib, maydon markazidagi xato sabab gol o‘tkazib yubordi. Luis Suaresning uzatmasini Giorgian Arraskaeta? chiroyli tarzda Eldor Suyunov darvozasiga joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng to‘liq ustunlik Urugvay termasiga o‘tdi. Biroq birinchi bo‘lim 1:0 hisobida yakunlandi. 

Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida Rustam Ashurmatov jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topgan uchrashuv hakami O‘zbekiston darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik jarima to‘pini Luis Suares aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 20 daqiqa o‘tib, Madridning “Atletiko” jamoasi himoyachisi Xose Ximenes o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:0.

O‘rtoqlik o‘yini

8-iyun, juma

Urugvay — O‘zbekiston 3:0

Gollar: 1:0 — 33 Giorgian Arraskaeta, 2:0 — 53, penalti Luis Suares, 3:0 — 73 Xose Ximenes.

Urugvay: Fernando Muslera, Maksimiliano Pereyra (Diyego Laksalt, 58), Diyego Godin, Xose Ximenes, Martin Kaseres, Naitan Nandez (Kristian Rodriges, 46), Rodrigo Bentankur, Matias Vesino (Lukas Torreyra, 58), Giorgian De Arraskaeta (Karlos Sanches, 64), Luis Suares (Kristian Stuani, 84), Edinson Kavani (Maksimiliano Gomes, 76).

O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muhammadiyev (Abbosjon Otaxonov, 58), Sherzod A’zamov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Odiljon Hamrobekov (Xurshid G‘iyosov, 73), Azizjon G‘aniyev (Ikrom Aliboyev, 73), Javohir Sidiqov (San’at Shixov, 82), Azizbek Turg‘unboyev (Jasurbek Yaxshiboyev, 58), Jaloliddin Masharipov, Zabihillo O‘rinboyev (Bobir Abdixoliqov, 46)

Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov 10, Rustam Ashurmatov 53, Matias Vesino 57.

Chetlatish: Akrom Komilov 80.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют