» » AQShdagi eng keksa ayol 114 yoshida vafot etdi

AQShdagi eng keksa ayol 114 yoshida vafot etdi


AQShning eng keksa ayol fuqarosi 114 yoshida vafot etdi, deb yozadi “TASS” Fox News’ga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Adel Danlap o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Nyu-Jersi shtatidagi Flemington shahri yaqinida joylashgan kasalxonada olamdan o‘tdi.

1902-yilda Nyuark shahrida tug‘ilgan Danlap turmushga chiqquniga qadar o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, so‘ng uch farzandni tarbiyalagan. Adelning turmush o‘rtog‘i sug‘urta kompaniyasida ishlagan, u 1963-yilda vafot etgan.

Danlap hayotligida u bunday yoshgacha yashashga qanday erishganligi to‘g‘risidagi savollarga nima deb javob berishni bilmasligini tan olgan edi. Uning o‘g‘li Erl onasi sog‘lom turmush tarzini olib bormaganini aytdi: U sport bilan shug‘ullanmagan, istagan taomini iste’mol qilgan, ba’zan spirtli ichimliklar ham ichib turgan.

Endilikda Pensilvaniya shtatida yashovchi 113 yoshli Delfin Gibson AQShning eng keksa ayol fuqarosiga aylandi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют