» » Guterrish Yaqin Sharq bo‘ylab ilk safariga otlanmoqda

Guterrish Yaqin Sharq bo‘ylab ilk safariga otlanmoqda


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilk safariga otlanmoqda, deb yozadi “TASS”. U Misr, Turkiyaga va Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlariga tashrif buyuradi, so‘ng G20’ning Bonndagi uchrashuvida hamda Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha an’anaviy konferensiyada qatnashadi.

Turkiyada Guterrish prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va bosh vazir Binoli Yildirim bilan, Ar-Riyodda esa Saudiya Arabistoni qiroli Salmon va ikkinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al Saud bilan uchrashmoqchi.

Birlashgan Arab Amirliklarida mamlakat rahbariyati bilan uchrashishdan tashqari, BMT bosh kotibi Jahon hukumat sammitida nutq so‘zlaydi, Ummon va Qatarda esa uni rasmiy shaxslar bilan muzokaralar kutmoqda. Yaqin Sharq turnesi doirasida so‘nggi bekat Qohira bo‘lib, u yerda Guterrish Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy va hukumat a’zolari bilan uchrashadi.

Misrdan chiqib, BMT rahbari Bonnga yo‘l oladi, u yerda 16—17-fevral kunlari G20 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 17—19-fevral kunlari o‘tkaziladigan Myunxen konferensiyasida esa Guterrish davlat va hukumat rahbarlarini diplomatiyaga va nizolar oldini olishga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqiradi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют