» » O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 5 oyda 250 kishini oqladi

O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 5 oyda 250 kishini oqladi


Joriy yilning besh oyi mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 22 mingdan ortiq shaxsga nisbatan 17 mingdan ziyod ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda, O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Jumladan, 250 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 17 ming nafardan ortiqni tashkil etib, shundan to‘rt mingdan ziyod shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 11 mingdan ortig‘iga boshqa turdagi jazolar tayinlandi.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida to‘rt mingdan ziyod shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Yetti mingdan ortiq jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning 40 foizdan ziyodi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют