» » Serxio Busketsning sariq kartochkasini bekor qilgan Ispaniya futbol uyushmasi, Luis Suaresni kubok finalidan mosuvo qildi

Serxio Busketsning sariq kartochkasini bekor qilgan Ispaniya futbol uyushmasi, Luis Suaresni kubok finalidan mosuvo qildi


Barselona klubi hujumchisi Luis Suares Ispaniya kubogining Alavesga qarshi bolib otadigan final oyinida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Sports.ru xabar berdi.

Urugvaylik hujumchi yarim finalning Kamp Nouda bolib otgan Atletikoga qarshi oyinida maydondan chetlatilgandi. Ispaniya futbol uyushmasining hakamlar qomitasi uni bir emas, ikki bellashuvda oynatmaslikka qaror qilgan.

Avvaliga sariq, keyinroq esa qizil kartochka olgani uchun Suares aslida 1 ta uchrashuvni otkazib yuborishi kerak edi. Biroq hakam qarshisidagi nomaqbulligi uchun qomita unga bitta uchrashuvlik diskvalifikatsiyani kam deb topdi.

Bu qaror Barselona rahbariyatiga yoqmadi. Aytilishicha, Kataloniya klubi qaror ustidan apellyatsiya berishga ham ulgurgan. Bunda Kataloniya klubi yutib chiqqan taqdirida ham Suares final oyinini qoyib yuborishga majbur boladi. Goliblik faqatgina kelasi mavsum uchun Ispaniya kubogida Suaresga yengillik yaratishi mumkin boladi xolos.

Hakamlar qomitasi Barselona foydasiga ishlaydigan qarorini ham elon qilgan. Atletikoga qarshi uchrashuvda Serxio Buskets referi tomonidan oyinni chozgani uchun ogohlantirilgandi. Vaziyatni atroflicha organib chiqqan qomita Busketsni aybsiz deb topdi. Futbolchi maydonda ikkita top borligini korgani uchun, uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga harakat qilgan bolib chiqdi.

Malumot uchun, Ispaniya kubogining final oyini 27-may kuni bolib otadi. Ayni paytda finalga qaysi stadion mezbonlik qilishi borasida munozaralar davom etmoqda.

: admin (10-02-2017, 11:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -