» » Hayit bayrami va unda ado etiladigan amallar

Hayit bayrami va unda ado etiladigan amallar


Ozbekiston musulmonlari idorasiningmatbuot xizmati Hayit bayrami va unda ado etiladigan amallar borasida berilgan malumotlar bilan bolishdi. Etiboringizga uni toligicha havola etamiz.

Biz hayit bayrami deb atayotgan bayram arab tilida iyd yani qaytish, takror kelish manolarini anglatadi. Bu bayram qayta-qayta kelgani uchun mazkur nom bilan atalgan. Bazi ulamolar: Bu bayram insonlarga ularning qiyinchilik va gam tashvishlariga qaramasdan har yili ularga xursandchilik va shodlik bilan qayta-qayta kelgani uchun iyd deb nomlangan, deganlar.

Muqaddas dinimizda uchta ulug bayram bor:

Ikki hayit bayrami kunlari haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Ularning (Madinaliklarning) oynab hordiq chiqaradigan ikki kunlari bor edi. U zot alayhissalom: Bu ikki kun qanday kun, dedilar. Madinaliklar: Biz johiliyatda bu ikki kunda oynab hordiq chiqarar edik, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Albatta Alloh taolo sizlarni bu ikkisidan yaxshiroq kunlarga almashtirdi, iydul azho va iydul fitr,dedilar. (Imom Abu Dovud rivoyat qilgan).

Ushbu ikki hayit bayrami Islomning ikki ulug ruknlari ortidan keladi. Ulardan biri Ramazon rozasi tugaganidan song, ikkinchisi hajdan keyin yani hojilar Arafotda turganlaridan song nishonlanadi.

Hayit bayramlari barcha musulmonlar shodlik va xursandchilik izhor qiladigan kunlar hisoblanadi. Bu kunlarda mominlar Alloh taologa bergan son-sanoqsiz nematlari uchun, shukrona sifatida sadaqai fitrlarni beradilar, qurbonlik qiladilar takbir aytadilar, hayit namozlarini ado etadilar. Hayit bayrami kunlari ibodat va shukrona kunlari, xursandchilik va shodlik kunlaridir. Shunga kora bu kunlar dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangan ulug kunlar hisoblanadi.

Ulamolar juma namozini ado etish farz bolgan kishilarga hayit namozlarini ado etish vojib boladi, deganlar.

Hayit namozlari qoyosh bir yo ikki nayza boyi kotarilgandan song oqiladi.

Hayit namoziga chiqishda gusl qilib, toza-ozoda bolib chiqiladi. Bu haqida hadisi sharifda quyidagicha xabar berilgan:

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayiti kunida va Qurbon hayiti kunida (albatta) gusl qilar edilar(Imom Ibn Moja rivoyati).

Shuningdek hayit namoziga chiqishda yuvinib toza-ozoda bolganidan song shirin mushk va atirlar bilan xushboylanib chiqiladi.

Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab sanaladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan nematlarini izhor etish, shodu-xurramligini namoyon qilish boladi. Bunga imkoni yoqlar eng yaxshi toza-ozoda kiyimlarini kiyib chiqadilar.

Hanafiy mazhabiga kora iydu fitr kuni tongi otishi bilan sadaqai fitrni berish vojib boladi. Ammo undan oldin Ramazonning avvalgi kunlarida berish ham joiz hisoblanadi. Sadaqai fitrni berish tufayli kambagallarning xonadonlariga ham xursandchilik ulashilgan boladi. Bunga quyidagi hadisda dalil bor:

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini insonlar namozga chiqishlaridan oldin ado etilishiga amr qilganlar(Imom Muslim rivoyati).

Ramazon hayiti bayramida namozgohga chiqish oldidan biror shirinlik tanovul qilish sunnat hisoblanadi. Bu haqida hadisi sharifda bunday xabar berilgan:

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ogiz ochish kunida (Ramazon hayitida) bir nechta xurmo yemasdan (namozgohga) chiqmasdilar(Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Qurbon hayitida Ramazon hayitining aksi olaroq to hayit namozini ado etilgunicha taomlanmaslik sunnat boladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:

Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Nabiy sollallohu alayhi vasallam fitr kunida taomlangunlaricha (fitr namoziga) chiqmasdilar va qurbonlik kunida namoz oqigunlaricha taomlanmasdilar.(Imom Termiziy rivoyat qilgan).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbon hayiti kunida namozgohdan qaytganlaridan song qurbonlik qilib, dastlab uning goshtidan tanovul qilganlari rivoyat qilingan.

Agar biror uzr bolmasa, hayit namoziga piyoda yurib borish ham sunnat hisoblanadi. Abu Rofe roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyilgan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar. Azon va iqomatsiz namoz oqir edilar. Songra boshqa yoldan uyga qaytar edilar(Imom Ibn Moja rivoyat qilgan).

Shunga kora biror kasallik, yoki uzoqlik yoki qoru-yomgir singari biror uzr bolmasa, namozgohga piyoda borish sunnat boladi.

Hayit namozini oqish uchun uydan chiqilgan paytdan to namozgohga yetib borguncha La ilaha illalloh va Allohu akbar larni aytib borish ham sunnatdir. Ushbu takbir va tahlillar bilan hayit bayrami kelganidan xursand bolish va bu kunning boshqa kunlardan farqli kun ekanini bildirish hisoblanadi. Ammo takbir aytishda hamma jamlanib, oralaridan biri baland ovozda takbir aytib qolganlar unga jor bolishlari sunnat emasdir. Chunki bunday takbir aytish rivoyat qilinmagan.

Hayit namozi ikki rakatlik namozdir. Hayit namozi vaqti kirganida imomga iqtido qilgan holda azon va takbirsiz ikki rakat namoz oqiladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:

Ibn Abbos va Jobir ibn Abdulloh Ansoriy roziyallohu anhumolar:Fitr kunida ham, Qurbonlik kunida ham azon aytilmagan,deyishdi, (ImomBuxoriy rivoyat qilgan).

Chunki azon va takbir farz namozlari uchun sunnat boladi.

Imom iyd namozining qiroatini jahriy qiladi va birinchi rakatiga Ala surasini, ikkinchi rakatiga Goshiya surasini zam qilishi mandub boladi. Shuningdek, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayit namozlarida Qof va Qamar suralarini zam qilganlari ham rivoyat qilingan.

Hanafiya mazhabiga kora hayit namozlari quyidagi tartibda ado etiladi:

Agar birov hayit namoziga bir rakat kech kelib qolsa, imom salom bergandan song, salom bermasdan turib qiroat qiladi keyin uch takbir aytadi, har takbir aytganda bosh barmoqlari qulogi yumshogiga tegadigan miqdorda qollarini kotaradi tortinchi takbirda rukuga ketadi.

Hayit namozi xutbadan oldin oqiladi. Bu haqida juda ham koplab hadisi shariflar rivoyat qilingan. Jumladan, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda bunday deyilgan:

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ham, Abu Bakr, Umar va Usmon roziyallohu anhumlar bilan ham hayit namozi oqiganman, barchalari hayit namozini xutbadan oldin oqir edilar(Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Imom orqasini qibla tarafga qilib jamoatga yuzlanib xutba oqiydi. Buning dalili quyidagi rivoyatdir:

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fitr va Qurbonlik kunlari namozgohga chiqar edilar. Avval boshlaydigan ishlari namoz oqish bolar edi. Songra burilardilar va insonlar bilan yuzma-yuz turar edilar. Insonlar saf-saf bolib otirar edilar. Ularga vaz-nasihat qilib, (togri yolga) buyurar edilar. Agar biror joyga yuboriladigan kishilarni ajratmoqchi bolsalar ajratar edilar, yoki biror narsaga buyurmoqchi bolsalar buyurar edilar. Songra ortga qaytar edilar(Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Hayit namozidan song insonlarning bir-birlari bilan korishishlari va hayit bayrami bilan qutlashlari ham hayit kunining odoblaridan hisoblanadi. Hayit kunida bir-birlarini tabriklash manosida oqiladigan muayyan duo bolmasa ham, Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin manosidagi tilaklar bildirish yaxshi sanaladi.

Hayit kunida namozgohdan uyiga qaytishda borgan yolidan boshqa yoldan qaytish ham sunnat boladi. Abu Rofe roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bu haqida bunday deyilgan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar. Azon va iqomatsiz namoz oqir edilar. Songra boshqa yoldan uyga qaytar edilar( Ibn Moja rivoyat qilgan).

Hayit bayramida saylgohlarga chiqish, qavmu-qarindoshlarni ziyorat qilish bilan bu kundagi umumiy xursandchiliklar doirasi kengayadi, ularga sovgalar ham ulashiladigan bolsa ozaro mehr-muhabbat rishtalari mustahkamlanib shodu-xurramliklar yanada ziyoda boladi. Musulmon kishi hayit kunlarida imkon qadar qavmu-qarindoshlarga xususan muhtojlarga xursandchilik ulashishga harakat qilishi maqsadga muvofiq boladi.

Shuningdek, ulamolar va tolibi ilmlarni ziyorat qilish ham hayit bayramidagi fazilatli amallardan sanaladi. Albatta bunda ularning vaqtlariga rioya qilish lozim boladi.

Umuman olganda hayit bayramining jamiyat vakillari orasidagi gina-adovatlar va turli kongilsizliklarni ketkazish hamda ular ortasida mehr oqibat rishtalarini yanada mustahkamlash singari hikmatlari kopdir.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-06-2018, 19:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -