» » Farg‘ona viloyatida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi uchun 100 million dollar ajratish rejalashtirilmoqda

Farg‘ona viloyatida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi uchun 100 million dollar ajratish rejalashtirilmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyati sanoat tovarlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, xizmat ko‘rsatish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tovarlar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha darajadan bir necha barobar orqada ekani tanqid ostiga olindi.

“Biz o‘zimizga juda katta yuk olganmiz. Xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Farg‘ona viloyati hamma soha bo‘yicha hali o‘zining yo‘lini topgani yo‘q. Iqtisodiyotda, maishiy hayotda ko‘p muammolar to‘planib qolgan. Lekin rahbar shuning uchun rahbar — masalaga yechim topishi kerak. Buning uchun vatanni sevishi, o‘zini qiynashi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Odamlarni rozi qilish uchun ularni ish bilan ta’minlash, buning uchun investitsiyalar jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Xususan, viloyatda 101 mingta ish o‘rni yaratish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Har bir oila - tadbirkor” dasturini Farg‘ona viloyatida amalga oshirish uchun oilalarning tadbirkorlik imkoniyatlarini o‘rganish, zarur bo‘ladigan moliyaviy resurslarni hisob-kitob qilib, kamida 100 million dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi. Aholi talablaridan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют