» » O‘zbekistonlik qori Ukrainada Qur’on musobaqasida hakam sifatida qatnashmoqda

O‘zbekistonlik qori Ukrainada Qur’on musobaqasida hakam sifatida qatnashmoqda


Ukraina musulmonlari diniy idorasi taklifiga binoan Toshkent shahridagi “Ibrohim ota” masjidi imom-xatibi Xudoyberdi qori Saidov Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan “ar-Rahma” jome masjidida musulmonlarga xatmi Qur’on o‘tkazib berayotgan edi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Xudoyberdi qorining bildirishicha, 22 kun davomida Qur’onni to‘liq xatmi qilindi. Qadr kechasida o‘tkazilgan marosimda qori Ukraina musulmonlari idorasining maxsus tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Ayni paytda o‘zbekistonlik qori yana bir nufuzli tadbirda ishtirok etmoqda. Ukraina musulmonlari idorasi huzuridagi “al-Mohir” Qur’on yodlash bo‘limi talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Qur’on tilovati musobaqalarida hakam sifatida, qorilarning chiqishlarini baholab bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют