» » Putin Tramp va Kim Chen In uchrashuvini yuqori baholadi

Putin Tramp va Kim Chen In uchrashuvini yuqori baholadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvini yuqori baholadi. Bu haqda 14-iyun, payshanba kuni “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Tramp va Kim Chen Inning ushrashuvi tufayli KXDR bilan bog‘liq vaziyatni siyosiy-diplomatik vositalar yordamida tinch yo‘l bilan tartibga solish uchun istiqbollar paydo bo‘ldi. Kim Chen In va Trampning uchrashuvi Koreya yarimoroli atrofidagi keskinlikning umumiy darajasini pasaytiradi”, — dedi Rossiya yetakchisi KXDR Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi bilan uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, 12-iyun kuni AQSh prezidenti va Shimoliy Koreya yetakchisi ilk bor ikki tomonlama sammit o‘tkazdi va uning yakunlari bo‘yicha hujjat imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют