» » Fotogalereya: Ko‘p bolali oilalar uchun eng tezkor avtomobillar

Fotogalereya: Ko‘p bolali oilalar uchun eng tezkor avtomobillar


“Motor” nashri katta oilalar uchun mo‘ljallangan tezkor avtomobillar suratlarini bir sahifaga jamladi. Ular orasida soatiga 307 kilometrgacha tezlik olishga qodir bo‘lgan Volkswagen T5 modeli, Brabus 850 XL va boshqa mashinalar bor.

Mazkur ro‘yxatda Volvo XS90 T8 modelini ko‘rishni ko‘pchilik kutmagan bo‘lsa kerak. Biroq, 376 ot kuchiga ega mashina haqiqatdan ham tezkor. Avtomobil 5,7 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi. Uning maksimal tezligi esa soatiga 230 kilometr.

BMW X5 50i har tomonlama kishini hayratga soladi: 450 ot kuchiga ega 2 tonnalik avtomobil roppa-rosa 5 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni olishga qodir. Maksimal tezlik soatiga 250 kilometrdan oshmaydi.

Maksimal tezlik hech qachon Range Rover’ning kuchli tomoni bo‘lmagan. SVR ham bundan mustasno emas. Avtomobilning maskimal tezligi soatiga 232 kilometr bo‘lsa-da, ichida 6 yo‘lovchi bilan 4,7 soniya ichida 100 km/soat tezlikka erishadi.

SQ7 krossoveri 435 ot kuchiga teng V8 dizelli motor bilan jihozlangan. Audi’ning mazkur modeli soatiga 250 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. 4,8 soniyada esa soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi.

Bu mashina kam uchraydigan, juda qimmat va onalarning o‘ta sevimli avtomobilidir. 510 ot kuchiga ega Mercedes R63 AMG 5,1 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erishadi. Uning maskimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.

SRT oilasining yana bir vakili – yangi Dodge Durango. Kompaniya vakillari mashinani o‘rindiqlari uch qator bo‘lgan krossoverlar orasida eng tezkori deb atamoqda. 7 ta o‘rindiq, 481 ot kuchi, 4,4 soniyada soatiga 100 kilometr. Eshitilishi yomon emas. Ammo Dodge avtomobilning maksimal tezligi haqida ma’lumot bermagan.

MTM T500 Transporter yo‘lingizda uchrab qolsa, u bilan raqobatlashishga shoshilmang. Tyuninglari bilan mashhur MTM kompaniyasi T500 kapoti ostiga 472 ot kuchiga ega bo‘lgan Audi TT RS dvigatelini joylagan. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 250 kilometrdan oshadi. Soatiga 100 kilometr tezlikni esa furgon 5,6 soniyada oladi.

Baquvvat GLS 63 AMG soatiga 250 yoki 270 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Qudratli avtomobil 585 ot kuchi va V8 silindrli motor bilan jihozlangan.

Brabus 850 XL – GLS 63 AMG’ning kuchliroq varianti. Mashina 850 ot kuchiga ega, maksimal tezlik soatiga 300 kilometr. 850 XL atigi 4,2 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni oladi.

Dodge e’lon qilganida, Bentley amalga oshiradi. Mashina soatiga 301 kilometrgacha harakatlana oladi. Yetti o‘rindiqli yo‘ltanlamas 608 ot kuchiga teng W12 biturolashtirilgan motor bilan jihozlangan.

Model S modelining yukxonasiga harakatga qarshi vaqtda ikki yo‘lovchini olish mumkin. Bu unchalik qulay bo‘lmasa-da, avtomobildagi sayohatni uzoq vaqt yodda saqlasa bo‘ladi. Model S elektrokari atigi 2,7 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erishadi.

Yo‘lovchilar harakat vaqtida o‘tirib ketishi uchun Tesla’da Model X varianti bor. Haydovchisiz haydash tizimi bilan jihozlangan mashina qariyb 3 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni olishga hamda eng tezkor Porsche Cayenne Turbo S modelini ortda qoldirishga qodir.

Oila a’zolari 6–7 kishidan ko‘p bo‘lsa, buning bitta yechimi bor – gollandiyaliklardan Wubbo Ockels Superbus’ga buyurtma berish kerak. Hozircha bu mashina faqat BAAda mavjud. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil qiluvchi elektromobil o‘z ichiga 23 kishini sig‘dira oladi. Ko‘p farzandli oila yoki to‘y marosimi uchun Superbus ayni muddao.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 00:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют