Dunyoda har yettinchi odam xorijda ishlaydigan qarindoshidan pul jo‘natmalari olishi ma'lum bo‘ldi
Mehnat muhojirlarining aksariyati har yili bir necha marotaba oilalariga o‘rtacha hisobda 200-300 dollar pul yuboradi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, 800 millionga yaqin odam xorijda ishlashga ketgan qarindoshlari yuboradigan pullar hisobiga kun kechiradi. Ya’ni, dunyoda har yettinchi odam xorijga ishlash uchun ketgan qarindoshidan pul jo‘natmalari oladi.
Ma’lum qilinishicha, 250 millionga yaqin kishi vatanidan tashqarida yashaydi.
2017-yili 200 millionga yaqin mehnat muhojiri tomonidan 480 million dollar rivojlanayotgan mamlakatlarga yuborilgan. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratilgan tashqi moliyaviy yordam mablag‘laridan 3 barobar ko‘pdir.
Aytilishicha, mehnat muhojirlari tomonidan yuboriladigan pul ularning oilalari daromadlarining 60 foizini tashkil qiladi. Bu pul millionlab oilalarning kun kechirishini ta’minlamoqda.
Yuboriladigan pulning 75 foizi oziq-ovqat, dori-darmon, bolalarni o‘qitish va ro‘zg‘orga sarflanadi. Qolgan 25 foizi, ya’ni 100 million dollar esa oilalarda jamg‘arib qo‘yiladi.
BMT bergan ma’lumotlarga qaraganda, pul jo‘natmalarining asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlarning qishloq hududlari budjetida ayniqsa muhim o‘rin tutadi.
Manba: Daryo.uz