» » Turkmanistonda prezident saylovi arafasida tashviqot kampaniyasi yakunlandi

Turkmanistonda prezident saylovi arafasida tashviqot kampaniyasi yakunlandi


Turkmaniston prezidentligiga saylovlar bo‘yicha saylov kampaniyasida tashviqot davri 12-fevralga belgilangan saylovdan bir kun oldin yakunlandi, deb yozadi “TASS”.

Respublikaning saylov kodeksiga muvofiq, “tashviqot nomzod ro‘yxatga olingan kundan boshlanib, saylov kunigcha bir kecha-kunduz qolganida tugallanadi”. Shu bilan birga, qonunchilikka ko‘ra, “bungacha saylov komissiyasi binosidan tashqariga joylashtirilgan” tashviqot xususiyatiga ega bosma materiallar (varaqalar, plakatlar va boshqalar) o‘z joylarida qolishi mumkin.

Nashr eslatishicha, Turkmanistonning saylovlar va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi o‘tgan yilning dekabrida prezident lavozimiga to‘qqiz nafar nomzodni ro‘yxatga olgan edi, ularning uch nafari siyosiy partiyalardan, olti nafari esa tashabbuskor guruhlar tomonidan ilgari surilgan.

Amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedov demokratik partiya vakili sifatida saylovda qatnashadi.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют