» » Ispaniya hukumati Frankoning qoldiqlarini boshqa joyga ko‘chiradi

Ispaniya hukumati Frankoning qoldiqlarini boshqa joyga ko‘chiradi


Ispaniya hukumati diktator Fransisko Frankoning qoldiqlarini “Shahidlar vodiysi”dan Madridga ko‘chirish niyatida ekanligini bildirdi, deb xabar beradi Meduza.

Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasining tepasiga yaqindagina kelgan yetakchi Oskar Puentening aytishicha, eksgumatsiya “maksimal darajada qisqa muddatlar ichida” amalga oshiriladi. “Frankoning qoldiqlarini qaytadan dafn qilish to‘g‘ri qaror”, — deydi Puente.

Shuningdek, Ispaniya hukumati qisqa muddatlar ichida “Shahidlar vodiysi”ni “barcha ispanlarni xotirlash va e’tirof etish joyi”ga aylantirish niyatida.

Fransisko Franko 1936-yilda Ispaniyada sodir bo‘lgan harbiy to‘ntarish tashkilotchisi hisoblanadi. Mazkur to‘ntarish respublikachilar va natsionalistlar o‘rtasidagi fuqarolik urushini keltirib chiqargan. Franko Germaniya natsistlari va Italiya fashistlari bilan yaxshi aloqada bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют