» » Respublika ishchi guruhi Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida 7600 ta muammo aniqlandi

Respublika ishchi guruhi Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida 7600 ta muammo aniqlandi


Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish chog‘ida 27919 ta aholi xonadoniga kirilib, 7600 ta muammo aniqlandi. Ularning 56 foizi joyida hal qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jumladan, 149 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 5200 kishining salomatligi tiklandi. 11 kilometr yo‘lga shag‘al yotqizildi, 4,5 ming aholining toza ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

Ishchi guruhi o‘rganishi chog‘ida 760 nafar fuqaro ish so‘rab murojaat qildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta davomida tumanda 261 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini aniqladi. Ikki kunlik mehnat yarmarkasi davomida 178 nafar murojaatchi ish o‘rniga ega bo‘ldi. Tuman rahbarlari ichki resurslarni izlab topish u yoqda tursin, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida hatto ma’lumotga ham ega emas.

Tumandagi 51 ta mahallaning aksariyatida raislar va profilaktika inspektorlari o‘rtasida hamkorlik tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. Tuman hokimining, ichki ishlar bo‘limining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi vakillari o‘rtasida yoshlarning jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etishi oldini olish bo‘yicha aniq hamkorlik mexanizmi ishlab chiqilmagan. Prokuror sektorida 27 ta jinoyat, hokim sektorida 22 ta jinoyat sodir etilganini qanday tushunish mumkin? Tumanda katta imkoniyatlar mavjud bo‘lsa-da, hokim shu hudud rahbari sifatida ishni tizimli va samarali tashkil etmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют