» » Kot-d’Ivuarda suv toshqini oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Kot-d’Ivuarda suv toshqini oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi


Kot-d’Ivuarning yirik shahri Abijanda kuchli yomg‘irlar oqibatida kelib chiqqan suv toshqini 15 kishini hayotdan olib ketdi. 100 dan ortiq odam qutqarilgan. Bu haqda ichki ishlar vazirligiga tayanib, Fraternite Matin mahalliy gazetasi xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Abijanda kuchli jala 18-iyun, dushanbadan 19-iyunga o‘tar kechasi yog‘di. Mahalliy daryolarda ko‘tarilgan suv to‘siqlarni surib yuborib, bir nechta binolarga zarar yetkazdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, 115 nafar mahalliy aholi xavfsiz boshpanalarga yetkazilgan.

Mahalliy hukumat bir nechta tibbiy punktlarni tashkil etgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют