» » Termizda qurilayotgan San’at saroyi Navro‘z bayramida foydalanishga topshiriladi

Termizda qurilayotgan San’at saroyi Navro‘z bayramida foydalanishga topshiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va San’at saroyi majmuasi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Loyiha qiymati 7,6 milliard so‘mni tashkil etadigan ushbu zamonaviy axborot-kutubxona markazi 223 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo‘ladi. Unda maxsus xonalar, mutolaa zallari barpo etilmoqda.

“Uning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari salohiyatini yuksaltirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, izlanuvchan o‘quvchilar va talabalarning ilmiy-ommabop, badiiy, tarixiy, tarbiyaviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Birinchi Prezident Islom Karimovning 2015-yil 22-maydagi qaroriga muvofiq barpo etilayotgan San’at saroyi milliy me’morlik va zamonaviy arxitektura yechimlarini o‘zida mujassam etadi.

Murakkab konstruksiyali, noyob qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilayotgan 700 o‘rinli San’at saroyi va 1,5 ming o‘rinli amfiteatrda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu majmuani Navro‘z bayramiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

“Davlatimiz rahbari majmua qurilishi bilan tanishar ekan, unda aholining madaniy dam olishi uchun barcha qulayliklar yaratish, inshootni zamonaviy jihozlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi”, — deb yozadi O‘zA.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют