» » Qoraqalpoq davlat universitetida turizm yo‘nalishi ochildi

Qoraqalpoq davlat universitetida turizm yo‘nalishi ochildi


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2018—2019-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra, universitetda shu yildan boshlab turizm ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Turizm yo‘nalishi bo‘yicha jami 40 talaba (shundan 10 nafari grant, 30 nafari kontrakt asosida) qoraqalpoq, o‘zbek va rus tili guruhlariga qabul qilinadi.

Bundan tashqari, magistraturada ham yangidan ikkita ixtisoslik ochilmoqda. Differensial tenglamalar va matematik fizika, filosofiya (qo‘llash sohasi) ixtisosliklariga hujjatlar qabul qilinadi. Bakalavriatda kasbiy ta’lim: ekologiya ta’lim yo‘nalishi tugatilmoqda.

Joriy yilda universitetning jurnalistika yo‘nalishi uchun qabul kvotasi ikki barobarga oshirilgan, ya’ni yangi o‘quv yilidan 40 nafar talaba o‘zbek va qoraqalpoq guruhlarida tahsil oladi (o‘tgan yili 20 nafar edi).

Qoraqalpoq davlat universitetida 2018—2019-o‘quv yili uchun bakalavriatga 2290 nafar talaba (o‘tgan yili 2200), magistraturaga esa 113 nafar (o‘tgan yilda 80) talaba o‘qishga qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют