» » AQShda harbiy samolyot o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi

AQShda harbiy samolyot o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi


AQSh harbiy-havo kuchlarining A-29 Super Tucano shturmchi samolyoti Nyu-Meksiko shtatida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda Xolloman aviabazasining ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Halokat 22-iyun, juma kuni ertalab Xolloman harbiy bazasidan 100 kilometr uzoqlikda yuz bergan. Samolyot bortida 2 nafar uchuvchi bo‘lgan, ulardan biri yengil jarohat olgan. Ikkinchi uchuvchi haqida hozircha hech qanday ma’lumot taqdim qilinmagan.

“Ayni paytda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda, hozircha halokat sabablari aniqlanmagan”, — deyiladi harbiy baza xabarida.

Ma’lum qilinishicha, navbatdagi rejalashtirilgan o‘quv parvozi bekor qilingan.

Avvalroq AQShda 2 ta yengil motorli samolyot to‘qnashib ketgani haqida xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют