» » O‘zbekistonda elektron tarzda kelib tushgan arizalarning chorak qismida  nikohdan ajratish so‘ralgan

O‘zbekistonda elektron tarzda kelib tushgan arizalarning chorak qismida  nikohdan ajratish so‘ralgan


Oliy sud, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida yaratilgan E-Sud tizimiga joriy yilning o‘tgan davrida 388 mingga yaqin murojaat kelib tushdi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Bundan 227593 tasi sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ariza, 160 mingdan ortig‘i esa da’vo tartibida hal qilinadigan arizalar.

Elektron shaklda kelib tushgan da’vo arizalari va arizalar quyidagi toifalardan iborat: nikohdan ajratish — 25,6 foiz, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlash — 8,07 foiz, hujjatning tegishliligini belgilash — 7,1 foiz, qarzni undirish — 5,8 foiz va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq boshqa nizolar — 5,1 foiz.

Sudlarga E-Sud tizimi orqali kelib tushgan arizalar va da’vo arizalarining o‘rtacha 20 foizi ayol foydalanuvchilar tomonidan berilgan. Bu xotin-qizlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, sudlarga elektron tarzda murojaat qilayotgan advokatlar soni ham ortib bormoqda. Xususan, bugungi kunda E-Sud tizimida 379 nafar advokat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular tomonidan shu yil boshidan buyon fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga jami 8 mingga yaqin elektron ariza topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют