» » Harbiy xizmatchilarning farzandlarini kvota asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Harbiy xizmatchilarning farzandlarini kvota asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


Joriy yilning 14-may kuni O‘zbekiston Prezidentining Qurolli Kuchlar harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandi. Vazirlar Mahkamasi 22-iyun kuni mazkur qarorning Nizomini tasdiqladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga asosan tavsiyanomalar quyidagi harbiy xizmatchilarga beriladi:

—Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga — bevosita komandirlari (boshliqlari) tavsiyanomasiga asosan ular farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun;

—Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari farzandlariga beriladi.

Tavsiyanomalar blankalarini tayyorlash vazirliklar va idoralar tomonidan Davlat budjeti parametrlarida har yili ushbu vazirliklar va idoralar uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobiga “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida amalga oshiriladi.

Tavsiyanomalarni berish masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklarda vazirlik rahbarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosari raisligida komissiya tuziladi. Kamida besh nafar rahbar xodimlar va vakolatli mutaxassislardan iborat bo‘lgan komissiya O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Komandir (boshliq)lar komissiyaga ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi

a) harbiy xizmatchiga:

b) halok bo‘lgan harbiy xizmatchiga:

v) harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchiga:

Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Nizomning to‘liq shakli bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют