» » O‘zbekistonda Soliq akademiyasi tugatiladi. Uning talabalari o‘qishini Iqtisodiyot universiteti va Moliya institutida davom ettiradi

O‘zbekistonda Soliq akademiyasi tugatiladi. Uning talabalari o‘qishini Iqtisodiyot universiteti va Moliya institutida davom ettiradi


O‘zbekiston Prezidenti “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qarorga muvofiq, Soliq akademiyasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi etib qayta tashkil qilinadi.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda:

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘qitishning zamonaviy uslublarini, jumladan, malaka oshirishning masofaviy shakllarini joriy etish, shuningdek, hududiy filiallarini tuzishni nazarda tutgan holda hukumat qarorini qabul qilish;

Qayta tashkil etilayotgan Soliq akademiyasining bakalavriat va magistratura talabalarining o‘qishini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutiga ko‘chirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, Moliya vazirligi huzurida Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tashkil qilinadi.

Quyidagilar kengashning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashda nizoli masalalar yuzasidan xulosalar chiqarish;

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlashda soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish;

Soliq nizolarini ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют