» » O‘zbekistonning tashqi qarzi 14,7 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 14,7 milliard dollarga yetdi


Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi qarzi 14,5 milliard dollardan 14,7 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Tashqi qarz davlat va xususiy tashqi qarzlardan tashkil topgan. Davlat sektorida tashqi qarzning o‘sishiga asosan kurs o‘zgarishlari ta’sir ko‘rsatgan. Davlat tashqi qarzi qoldiq summasi esa 7,6 milliard dollardan 7,9 milliard dollarga yetgan.

Xususiy tashqi qarz bo‘yicha majburiyatlarning o‘sishi asosan bank sektoriga (70 million dollar) va nobank moliya muassasalari (3 million dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, xo‘jalik subyektlarining xususiy tashqi qarz summasi asosiy qarz va foizlar bo‘yicha qarzdorlikning qoplanishi hisobiga 222 million dollarga kamaygan. Natijada xususiy tashqi qarz bo‘yicha qarzdorlik 6,3 milliard dollardan 6 milliard dollarga kamaygan.

Hisobot davrida O‘zbekistonning norezidentlar oldidagi majburiyatlari 26,1 milliard dollargacha oshdi. Asosiy o‘sish to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va qarzlar hajmi bilan bog‘liq. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar bo‘yicha majburiyatlar yanvardagi 5,3 milliard dollardan aprelda 5,5 milliard dollarga (4,2 foizga) o‘sdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют