» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Turizm qo‘mitasi bilan ziyorat turizmini rivojlantirishni muhokama qildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Turizm qo‘mitasi bilan ziyorat turizmini rivojlantirishni muhokama qildi


26-iyun kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi binosida aviakompaniya va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi MAK axborot xizmati.

Unda aviakompaniya bosh direktori Baxtiyor Hakimov va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov ishtirok etdi. Uchrashuvda, shuningdek, bevosita “Ziyorat turizmi” dasturi bo‘yicha sayyohlarni jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar ham qatnashdi.

Muzokaralar chog‘ida mamlakatda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish konsepsiyasi, aviatashuvchining ushbu masaladagi roli, shuningdek, Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni ochish imkoniyati muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2018—2019-yilgi qish mavsumidan boshlab haftasiga bir marta ushbu yo‘nalishda muntazam reyslarni ishga tushirish masalasi ustida ishlashga kelishib olindi. Ziyorat turizmi bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan turistlarni tashish uchun Toshkent—Kuala-Lumpur—Toshkent reyslarini Boeing 767, 787 Dreamliner avialaynerlarida tashkil etish rejalashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют