» » Senatorlar yangi tahrirdagi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi


28-iyun kuni ish boshlagan Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Qonunda o‘simliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat nazoratini amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tashqi va ichki o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar tizimini amalga oshirish, fitosanitar xavfsizlikni ta‘minlash, o‘simliklar karantini sohasida samarali monitoring olib borish ko‘zda tutilgan.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simliklar karantini sohasidagi vakolatlarini nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun o‘simliklar karantini sohasidagi munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, karantin xizmati faoliyatiga zamonaviy xorijiy texnologiyalarni  va ishlash usullarini joriy etish, o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi mas’ul xodimlarining majburiyatlarini aniq belgilash imkonini beradi.

Qonun 8 ta bob va 34 ta moddadan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют