» » Frank-Valter Shtaynmayer Germaniya prezidenti etib saylandi

Frank-Valter Shtaynmayer Germaniya prezidenti etib saylandi


Germaniya tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Frank-Valter Shtaynmayer mamlakat prezidenti etib saylandi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Germaniya federal majlisi (parlamenti) ko‘pchilik ovoz bilan Shtaynmayerni saylagan — 1260 parlament a’zosidan 931 nafari sobiq vazir uchun ovoz bergan.

Xabar berishlaricha, janob Shtaynmayerni Angela Merkel koalitsiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan. Mamlakatga 2012-yil 18-martidan beri Yoaxim Gauk prezidentlik qilib kelayotgan edi.

Frank-Valter Shtaynmayer Germaniya tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketganidan so‘ng, uning o‘rnini Germaniya sotsial-demokratik partiyasi raisi va sobiq iqtisodiyot vaziri Zigmar Gabriel egallagan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют