» » 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar “Yoshlar kuni” munosabati bilan rag‘batlantiriladi

30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar “Yoshlar kuni” munosabati bilan rag‘batlantiriladi


O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov o‘z xizmat majburiyatlarini namunali bajarib kelayotgan Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi 30 yoshgacha bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarga 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Minnatdorchilik” e’lon qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan harbiy xizmatchilar 100 000 so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

30 yoshgacha bo‘lgan Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari ham pul mukofoti bilan o‘rnatilgan tartibda mukofotlanadi.

Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarda 30-iyun – Yoshlar kuni “Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida hamda yosh harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining faol ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari, tanlov va musobaqalar, yoshlar sayli va aksiyalari, ekskursiya va madaniy tadbirlar tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 14) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют