» » OAV: IShID boshlig‘i al-Bag‘dodiy Iroqqa aviahujumda yaralandi

OAV: IShID boshlig‘i al-Bag‘dodiy Iroqqa aviahujumda yaralandi


IShID terrorchilik guruhi boshlig‘i Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroq g‘arbiga berilgan aviazarba chog‘ida jarohatlar oldi. Bu haqda Al Sumaria xavfsizlik sohasidagi manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Al-Bag‘dodiy xalqaro koalitsiyaning Anbar provinsiyasidagi Kaim shahriga uyushtirilgan aviahujumida jabrlangan, u yerga terrorchi IShID bosh boshliqlarining qurultoyida qatnashish uchun borgan.

Ta’kidlanishicha, boshliq bir nechta joyida yaralangan. Shuningdek, uchrashuvda qatnashgan boshqa terrorchilar ham jabrlangan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, jangarilar uchrashuvda ishtirok etish uchun Suriya va Iroq chegarasidagi hududga yetib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aviazarbalar razvedka ma’lumotlari asosida berilgan.

Nashr eslatishicha, 2016-yil dekabrida Iroq maxsus topshiriqli bo‘linmalari qo‘mondoni Fadil Barvariy al-Bag‘dodiyning Mosul yaqinidagi yer osti bunkerida yashirinib yotganini ma’lum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют