» » Navoiyda mast holda yotgan fuqaroni bosib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Navoiyda mast holda yotgan fuqaroni bosib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda


4-iyul kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida noma’lum haydovchi avtomashinasini “Istiqlol” MFY hududidan o‘tuvchi “Yangiturmush—Nurota” avtomobil yo‘lining 28-kilometrida haydab ketayotib, yo‘lning qatnov qismida mast holda yotgan, shu mahallada yashagan F.X.ni bosib, unga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

F.X. olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘ldi. Transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchi shaxsini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Ushbu holat yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlari xabar berish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют