» » Olmaliqdagi temir yo‘l stansiyasidan 22 mln so‘mlik sanoat qurilmalari o‘g‘irlandi

Olmaliqdagi temir yo‘l stansiyasidan 22 mln so‘mlik sanoat qurilmalari o‘g‘irlandi


Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida mahalliy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli hududda ro‘y bergan o‘g‘irlik holati yuzasidan 3-iyul kuni IIBga hujjatlar kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yil 20-may kunidan 26-may kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Namuna mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan M.I. va F.A. “Olmaliq KMK” AJ sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasiga qarashli temir yo‘l stansiyasi hududiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

Mahalladoshlar u yerdan umumiy qiymati 22 million so‘mdan ortiq, tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan sanoat qurilmalarini o‘g‘irlab ketgan.

M.I. va F.A. ushlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют