» » O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi jaziramada qanday harakat qilish kerakligini tushuntirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi jaziramada qanday harakat qilish kerakligini tushuntirdi


Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham havo harorati +40 darajadan yuqori bo‘lmoqda. Xo‘sh, yozning bunday jazirama ob-havo kunlarida oftob urmasligi uchun nima qilish kerak? Qanday kiyinish va ovqatlanishimiz lozim? Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati vazir o‘rinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi Saidmurod Saydaliyevning tavsiyalarini e’lon qildi.

— Ma’lumotlarga qaraganda, shu yilning 7—10-iyul kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati keskin ko‘tarilib, kechasi +24... +29 daraja, kunduzi esa +38... +43 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Hatto Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. O‘zbekiston aholisi bunday anomal issiq iqlim kunlarida zarurat sezganda respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning xududlardagi 13 ta filiali hamda 173 ta tuman va shahar bo‘limlarida tunu kun tez, sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin. Mazkur davolash muassasalari zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Qolaversa, har bir tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida “Ishonch telefon”lari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuni ham aytish kerakki, kuzatilayotgan bunday jazirama kunlarda birinchi navbatda boshni quyosh nuridan asrash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida tana haroratini ko‘tarilishi,terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakni tez urishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish holatlari kuzatilashi mumkin.

Oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, ust-boshlarini yechib, muzdek suvga choyshabni ho‘llab butun tanasiga o‘raladi, sochiqni muzdek suvga ho‘llab boshiga qo‘yiladi. Bo‘yin va qo‘ltiq sohasiga muz xaltachalari qo‘yilsa foydadan xoli bo‘lmaydi. Bemorga oz-ozdan suyuqlik ichiriladi va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi. Tez yordam yetib kelgunga qadar yuqoridagi muolajalar davom ettiriladi.

Iloji boricha kunning birinchi yarmida bosh kiyim kiygan holda sayr qilish, kunlik ovqatlanish ratsioni esa yengil hazm bo‘ladigan taomlar hamda meva va sabzavotlardan iborat bo‘lishi, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish lozim. Kofe, shirin gazlangan suvlarni iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Havoni yaxshi o‘tkazib,quyosh nurini qaytaradigan, keng tikilgan va tanaga yopishib turmaydigan kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Shuningdek, kiyim tanlashda matoning rangiga ham e’tibor berish lozim. Chunki qora va jigarrang matodan tikilgan kiyimlar o‘ziga issiqlik va quyosh nurini ko‘p tortadi, oq rangli matodan tikilgan kiyimlar esa, issiq va quyosh nurini qaytarish xususiyatiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют