» » Gruziyada dugonasining qizini urib, o‘ldirib qo‘ygan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi

Gruziyada dugonasining qizini urib, o‘ldirib qo‘ygan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi


Batumida o‘zbekistonlik ayol dugonasining farzandini urib o‘ldirib qo‘ydi va politsiyaga taslim bo‘ldi. Bu haqda “Gruziya Onlayn” nashriga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik ayol to‘rt yoshli qizchasini o‘zbekistonlik dugonasi qaramog‘iga tashlab, Turkiyaga ishlagani ketadi. Ayol 14-iyun kuni qizchani do‘pposlab, o‘ldirib qo‘yadi. So‘ng bolaning jasadini olib, politsiya mahkamasiga keladi va bu yerda hibsga olinadi.

Gruziya IIVning bildirishicha, ona yoki ishonchli shaxsning roziligi yo‘qligi uchun bolaning jasadi dafn etilmay turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning onasi ayni vaqtda Turkiyada bo‘lib, Batumiga qaytish imkoniyati yo‘q. Bolaning otasi ham Gruziyada yashaydi, ammo marhum qizning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida otasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют