» » Xiva sayyoraning eng chiroyli shaharlari reytingidan joy oldi

Xiva sayyoraning eng chiroyli shaharlari reytingidan joy oldi


Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri tashrif uchun tavsiya etiladigan maskanlar reytingini e’lon qilib, unda Xiva sayyoraning eng chiroyli shaharlaridan biri ekanligini qayd etdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

The Telegraph Xiva xorijiy sayyohlarni o‘ziga tortuvchi O‘zbekistonning betakror qadimiy shaharlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda shahar yanada o‘zgacha tusga kirib, uning minoralari va tor ko‘chalari quyosh chiqish va botish vaqtida o‘ziga xos go‘zallik kasb etadi, deyiladi nashrda.

Xorazm viloyatining mazkur qadimiy shahridan tashqari reytingdan Parij, Venetsiya, Praga, London, Sankt-Peterburg, Kioto va boshqa shaharlar ham o‘rin oldi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Xivaning birgina ochiq osmon ostidagi muzey-qo‘riqxonasi hisoblangan Ichanqal’a majmuasini 75 ming kishi, xususan, 84 mamlakatdan kelgan 34 ming sayyoh ziyorat qilgan edi. Mazkur majmua YuNESKO tashkilotining Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 19) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют