» » Davlat test markazi: Joriy yilda test vaqtida mobil aloqa kompaniyalarining xizmatlari to‘xtatilmaydi

Davlat test markazi: Joriy yilda test vaqtida mobil aloqa kompaniyalarining xizmatlari to‘xtatilmaydi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majit Karimov “Gazeta.uz” ga intervyu berdi. U intervyuda joriy yilda test imtihonlari o‘tkazish jarayoniga tatbiq etilayotgan yangiliklar haqida so‘zlab berdi.

Majit Karimovning ma’lum qilishicha, joriy yilda O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkazilayotgan vaqtda mobil aloqa xizmatlari to‘xtatilmaydi. Bunga ehtiyoj yo‘q, degan Davlat test markazi direktori.

O‘tgan yillarda test sinovlari o‘tkaziladigan kuni ya’ni 1-avgustda barcha mobil aloqa kompaniyalari SMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chirib qo‘yar edi.

Majit Karimov testda abituriyentlarga beriladigan savollarning kamaytirilganiga ham izoh bedi.

“Joriy yilda 36 ta emas, 30 ta savol beriladi. Savollarga javob berish vaqti esa test formalarini to‘ldirishni ham hisobga olgan holda o‘zgarishsiz ya’ni 3 soatligichga qoldirildi. Ekspertlarimizning aniqlashicha, test sinovi savollar soni 25 tadan 40 tagacha bo‘lganida sifatli hisoblanishini aniqladi. 36 ta savol o‘rtacha ko‘rsatkichdan sal ko‘proq. Xalqaro ekspertlar bilan maslahatlashib, savollar sonini 30 ta qilib belgiladik”, — deydi Davlat test markazi direktori.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют