» » KXDRning yangi raketasi 2 ming km masofaga uchishi aniqlandi

KXDRning yangi raketasi 2 ming km masofaga uchishi aniqlandi


Janubiy Koreya razvedkasi KXDR 12-fevralda sinovdan o‘tkazgan yangi ballistik raketaning maksimal tezligi 8,5 Max soni (bir xil sharoitda harakatlanayotgan obyekt tezligining tovush tezligiga nisbati)ga yetgan va u ikki ming kilometrlik masofani bosib o‘ta oladi, degan xulosaga keldi. Bu haqda “Kiodo” agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Janubiy Koreya razvedkasi ta’kidlashicha, raketa gusenitsali ishga tushirish qurilmasidan 89 darajali baland burchak ostida start olgan.

Avvalroq “yer—yer” sinfidagi “Pukkikson-2” ballistik raketasi 12-fevral kuni Pxyonan-Pukto provinsiyasidagi Kuson uyezdidan Yapon dengiziga qarata uchirilgani xabar berilgan edi. U 500 km masofani bosib o‘tdi. Pxenyan sinovni muvaffaqiyatli deb e’lon qildi.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют