» » Gvatemalada Neymarning surati aks etgan paketlarda 1 tonnaga yaqin kokain topildi

Gvatemalada Neymarning surati aks etgan paketlarda 1 tonnaga yaqin kokain topildi


Gvatemala qirg‘oqlaridan 350 kilometr uzoqlikda qo‘lga olingan suv osti kemasida 0,8 tonnadan ortiq kokain moddasi topildi. Bu haqda mamlakat prokuraturasining 13-iyul, payshanba kuni bergan ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Prokuratura ma’lumotlariga qaraganda, kema bortidan 823 ta paketda kokain moddasi topilgan. Paketlarning har biri 1 kilogramm og‘irlikka ega. Ularning aksariyatida braziliyalik mashhur futbolchi Neymarning “Barselona” jamoasi formasida tushgan surati aks etgan.

Suv osti kemasi ekipaji tarkibida Kolumbiyaning 3 nafar fuqarosi bo‘lgan va ular hibsga olingan. Musodara qilingan kokainning “qora bozor”dagi taxminiy qiymati 11,5 million AQSh dollariga teng, deya baholangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют