» » AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi


AQSh va Janubiy Koreya birgalikdagi Key Resolve va Foal Eagle harbiy mashg‘ulotlari uchun 2017-yilning martida Amerika strategik qurollarini yuborishga kelishib oldi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib, “Ryonxap” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Dunyo bo‘yicha eng yirik raketa o‘quv mashg‘ulotlari ittifoqchilarning KXDR tomonidan yangi yadro va raketa tahdidlariga to‘liq tayyor ekanligini ko‘rsatish uchun o‘tkazilishi ta’kidlanmoqda.

O‘tgan yilgi kabi Amerika tomoni bilan strategik qurol-aslahalarni yirik ko‘lamda joylashtirish haqida kelishib oldik. Bundan Koreya—Amerika alyansining Key Resolve va Foal Eagle o‘quv mashg‘ulotlari orqali Shimoliy Koreyaga qarshi tura olishini namoyish etish maqsadi ko‘zlangan.

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi

Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, gap Janubiy Koreyaga AQShning F-22 ko‘rinmas qiruvchi samolyoti va atom aviatashuvchisini joylashtirish haqida bormoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют