» » Fuqaro murojaatiga o‘z vaqtida javob bermagan Nukus tuman hokimi o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Fuqaro murojaatiga o‘z vaqtida javob bermagan Nukus tuman hokimi o‘rinbosari javobgarlikka tortildi


2018-yil 25-may kuni Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi Nukus tuman adliya bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston respublikasi Adliya vazirining 2018-yil 18-may 56-S son buyrug‘iga asosan tuman hokimligida tekshiruv o‘tkazdi, deb xabar beradi Nukus tuman adliya bo‘limi matbuot xizmati.

Ushbu tekshiruv davomida “Muhabbat” fermer xo‘jaligi boshlig‘i S.A.ning 2018-yil 28-aprel kungi murojaatiga Nukus tuman hokimi o‘rinbosari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i B.I. tomonidan shu paytga qadar javob berilmaganligi aniqlandi.

Murojaatni o‘rganish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha Nukus tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i B.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 43-moddasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tuman Adliya bo‘limi tomonidan ushbu kodeksning 282-moddasiga muvofiq mazmunan ko‘rib chiqish uchun Kegeyli tumani Ma’muriy sudiga yuborildi.

2018-yil 13-iyun kuni Kegeyli tumani Ma’muriy sudining sayyor sud majlisida Nukus tuman hokimi o‘rinbosari - tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i B.I. qarshisiga to‘plangan ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, huquqbuzar B.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 43-moddasi bilan javobgarlik chorasi qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют