» » O‘zbekiston elchixonasi Moskva qamoqxonasida saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarovga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda

O‘zbekiston elchixonasi Moskva qamoqxonasida saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarovga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda


Moskvaning “Matrosskaya tishina” qamoqxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarov bir oydan oshiqroq vaqtdan beri sud qaroridan norozilik sifatida ochlik e’lon qilgan.

2017-yil 13-dekabr kuni 1996-yilda tug‘ilgan Ma’rufjon Shakarov Moskvaning Preobrajenskiy tuman sudi tomonidan sotish maqsadida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalarini sotish maqsadida saqlash aybi bo‘yicha 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan “Gazeta.uz”ga xabar berishlaricha, mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi Ma’rufjon Shakarovga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda, jumladan Rossiya TIV va Moskva sud organlariga murojaatlar yuborilgan. Bosh prokuratura bilan ham shu yo‘nalishda ish olib borilmoqda.

Natijada, 14-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Moskva shahar sudi Sud kollegiyasi appellyatsion qarori bilan Ma’rufjon Shakarovning harakatlari yirik hajmdagi giyohvandlik moddalarini sotish maqsadisiz saqlash etib qayta malakalandi. Shuningdek, 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga o‘zgartirildi.

14-iyul kuni O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limi xodimining qamoqxona rahbariyati bilan suhbatidan ma’lum bo‘ldiki, Shakarov ochlik e’lon qilgani sababli bir kishilik kameraga o‘tkazilib, kun-u tun videokuzatuv ostida saqlanmoqda.

Jazoni ijro etish muassasasi rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazgan, shifokor sudlanuvchini ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Yaqin vaqtlarda Shakarov onasi va xolasi bilan uchrashishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik deputat Rossiya qamoqxonasida ochlik e’lon qilgan yigitni himoya qilib Ramzan Qodirovga murojaat yo‘lladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют