» » O‘zbekistondagi xususiy kadrlar agentliklari fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bilan ham shug‘ullanishi ko‘zda tutilmoqda

O‘zbekistondagi xususiy kadrlar agentliklari fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bilan ham shug‘ullanishi ko‘zda tutilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan “Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

MDH davlatlari parlamentlararo assambleyasining 35-yalpi majlisida qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari faoliyati to‘g‘risida”gi namunaviy qonun loyihaga asos qilib olingan.

Mazkur qonun loyihasi xususiy bandlik agentliklari, ya’ni xodimlarni tanlash, shuningdek, talabgorlarga bo‘sh ish o‘rinlarini egallashga ko‘maklashish va mehnat bozorida boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlari faoliyatini huquqiy tartibga solishga qaratilgan.

Xususiy kadrlar agentliklari fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bilan bog‘liq funksiyani bajarishlari mumkinligi ko‘zda tutilmoqda. Biroq bu faoliyat uchun litsenziya talab qilinadi.

Loyihada rekruting tashkilotlari, shuningdek, mehnat bozorining boshqa ishtirokchilari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, huquq va majburiyatlari hamda ular ishidagi alohida jihatlar, xususan, davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘z aksini topgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют