» » Fargonada 15 mln som mablagni ozlashtirgan bank xodimi javobgarlikka tortildi

Fargonada 15 mln som mablagni ozlashtirgan bank xodimi javobgarlikka tortildi


Fargonada 15 000 000 som kredit mablaglarini maqsadsiz sarflab, ozlashtirish yoli bilan talon-toroj qilgan Xalq banki filiali boshqaruvchisiga jazo tayinlandi. Bu haqda Daryo muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari boyicha Buvayda tuman sudining malum qilishicha, Xalq banki Buvayda tuman filialining sobiq boshqaruvchisi O.I. Markaziy bank boshqaruvi nizomida belgilangan cheklovlarga amal qilmasdan, bankda ishlab kelgani holda ozi, onasi va turmush ortogining nomiga kredit shartnomalari rasmiylashtirgan. Ushbu shartnomalarga asosan, kochat sotib olish maqsadida uch yil muddatga toqqiz foiz ustama tolash sharti bilan 15 000 000 som kredit mablaglarini kengash roziligisiz olishga erishgan. O.I. goyoki kochat sotib olish maqsadida kredit mablaglarini dastlab Qilovtepa zamin saxovati invest agrofirmasiga, undan SNizom Bunxon dehqon xojaligi hisob raqamiga otkazgan.

Keyinchalik, dehqon xojaligi rahbarining xabarisiz va uning roziligini olmasdan bu mablaglarni moliyaviy yordam tariqasida akasining xususiy korxonasiga hamda ozining shaxsiy plastik kartasiga otkazib, kreditni maqsadsiz sarflab, pul mablaglarini ozlashtirish yoli bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek, Qilovtepa zamin saxovati invest agrofirmasi rahbari U.H. Xalq banki Buvayda tuman filiali tomonidan 7 nafar fuqaroga ajratilgan jami 35 000 000 som maqsadli kredit mablaglarining 27 000 000 somdan ortigini ozining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlandi.

Sud hukmi bilan bank filiali boshqaruvchisi O.I. va agrofirma rahbari U.H.ga tegishli jazo tayinlandi. Yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari korildi.

Malumot uchun, Fargona viloyati Buvayda tumanida tijorat banklari tomonidan 259 ta issiqxona qurilishi, 11 806 bosh parranda va limon kochatlari sotib olinishi uchun ajratilgan jami 2 milliard 171 million somlik kredit mablaglari oz egalariga yetib bormagani yoki boshqa asoslarga kora joyida mavjud emasligi aniqlangan.

Avvalroq Fargona viloyat prokuraturasi tomonidan TIF Milliy bank, AT Xalq banki va Agrobankning tuman filiallari hamda tumandagi agrofirmalar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qilish), 2-qismi, a bandi va 167-moddasi (Ozlashtirish yoki rastrata yoli bilan talon-taroj qilish), 3-qismi, a bandi bilan jinoyat ishlari qozgatilgani, tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishlari ayblov xulosasi bilan birga sudga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-07-2018, 22:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ...