» » Rasman: “Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi

Rasman: “Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi


Angliyaning “Liverpul” klubi Italiyaning “Roma” jamoasidan braziliyalik posbon Alisson Bekerni sotib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

25 yoshli Alissonning transferi 62,5 million yevroni tashkil etdi, yana 10 millionni esa “Roma” turli bonuslar ko‘rinishida oladi. Transferning umumiy summasi 72,5 million yevroni tashkil qiladi.

Kelishuv qancha muddatga tuzilgani hozircha xabar qilinmadi. Avvalroq Alisson jamoa bilan 6 yillik shartnoma tuzishi aytilgan edi.

Shu tariqa braziliyalik darvozabon futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylandi.

Avvalgi rekord Janluiji Buffonga tegishli bo‘lib, “Yuventus” 2001-yilda Buffonni “Parma” jamoasidan 52 million yevroga sotib olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют