» » Toshkent shahrida qariyb 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uy qurilmoqda

Toshkent shahrida qariyb 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uy qurilmoqda


Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan yangi uy-joylar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu yerda Toshkent shahar hokimligi tomonidan ajratilgan 30 gektar yer maydonida chet ellik investorlar ishtirokida yangi qurilish texnologiyalari asosida jami 4 ming 20 xonadonli 72 ta 7 qavatli uy qurilmoqda.

Prezident tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab mamlakatning barcha shaharlarida turar joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurilishi boshlandi. Aholi uchun zarur bo‘lgan bunday arzon uylar uzoq yillar davomida Toshkent shahrida birorta ham qurilmagan edi. Shaharlarda qurilgan uylar ham asosan qimmat tijorat uylari bo‘lib, bu uylarni ijtimoiy himoyaga muhtoj va budjetdan maosh oladigan oilalar olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Shularni inobatga olgan holda, Sergeli tumanida 2017–2022-yillarda 500 ko‘p qavatli uy qurilishi bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi. Bu yirik loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.

Dastur ijrosi doirasida 2017-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumanida 102 ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88 xonadon o‘z egalariga topshirildi.

Toshkent shahrida barcha manbalar hisobiga qariyb 28 ming xonadonli 638 ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Jumladan, zamonaviy loyihalar asosida jami 15 ming 740 xonadonli 334 arzon uylar qurilishi amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 1) ( 92) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...