» » Andijondagi xonadonni elektrdan uzdirish holati MIB xodimining pichoqlanishi bilan tugadi

Andijondagi xonadonni elektrdan uzdirish holati MIB xodimining pichoqlanishi bilan tugadi


Andijon tumanidagi xonadonlardan birining oldida 19-iyul kuni Majburiy ijro byurosi xodimiga pichoq bilan tan jarohati yetkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi 21-iyul kuni xabar berdi.

“19-iyul kuni Andijon tumanida yashovchi Yo.O. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida “Sanoat” mahallasida yashovchi, MIBning Andijon tuman bo‘limi inspektori B.H.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada B.H. kasalxonaga yotqizilib, Yo.O. qo‘lga olingan”, — deyiladi IIV axborotida.

UzNews axborotiga ko‘ra, janjal Yo.O.ning xonadoni elektr energiyasidan qarzdorligi sabab, uy MIB inspektori ko‘rsatmasiga muvofiq, elektr tarmog‘idan uzdirilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan: Yo.O. “Nega uyimdagi elektr simini uzasan?”, deb oxir-oqibat B.H.ning qorniga bir marta pichoq urgan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan Andijon tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют