» » OAV: Kim Chon Namning jasadi yorib ko‘rish uchun Kuala-Lumpur kasalxonasiga keltirildi

OAV: Kim Chon Namning jasadi yorib ko‘rish uchun Kuala-Lumpur kasalxonasiga keltirildi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Malayziyada vafot etgan akasi Kim Chon Namning sud-tibbiyot ekspertizasi Kuala-Lumpur markaziy kasalxonasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda New Straits Times nashri o‘z manbalariga tayanib xabar qildi, deb yozadi “TASS”.

KXDR fuqarosi 14-fevral kuni poytaxt aeroportidan Putrajaya kasalxonasiga keltirilgan, u yerda uning o‘limi qayd etilgan edi. “Biroq ushbu tibbiy muassasa ekspertiza o‘tkazish uchun to‘g‘ri kelmaydi”, — deya nashrga ma’lum qildi kasalxona vakili. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning jasadi bugun, 15-fevral kuni ertalab to‘rtta politsiya avtomobili hamrohligida olib ketilgan. Guvohlar ta’kidlashicha, Putrajaya kasalxonasi yaqinida KXDRning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi vakillari ko‘rinmagan.

“TASS” muxbiriga Malayziya politsiyasi matbuot xizmati xodimi murda kun davomida yorilib o‘rganilishi, kechki payt esa sud-tibbiyot ekspertizasi natijalari haqida matbuot anjumani yoki matbuot uchun bayonot tashkillashtirilishini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chon Nam Malayziyada o‘ldirib ketilgani xabar berilgan edi. Kim Chon Nam Malayziya aeroportida o‘ldirib ketilgan. Unga ikki ayol hujum qilgan, ular “zaharlangan igna”lardan foydalangan.

Janubiy Koreyada esa KXDR yetakchisi Kim Chen In akasining o‘limini muhokama qilish uchun Milliy xavfsizlik kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют